Самарқанд вилояти Жомбой тумани
Мактабгача таълим бўлими

05- iyun kuni soat 15:00 da Samarqand Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida Zoom dasturi orqali onlayn yig‘ilish o'tkizdi. Bu yig'ilishda tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri ham faol ishtirok etdi.

1Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasida ZOOM dasturi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Rahmonov kun tartibidagi masalalarni tanishtirish bilan boshladi.  Shahar va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlari bilan onlayn muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur yig‘ilish kun tartibida :
-Viloyat hokimining 2020 yil davomida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvali ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida;-Viloyat maktabgacha ta'lim tizimida nodavlat (xususiy) davlat-xususiy sheriklik asosida hamda oilaviy shaklda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
 -Open EMIS axborot tizimiga MTTlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish ahvoli va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida;
-Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ikkinchi toifa bo‘yicha talabgor pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida;
-2020 yilgi Investitsiya dasturi asosida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, joriy ta'mirlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar va turli masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Narpay va Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlarining tizim faoliyatini yaxshilash, muammolarni bartaraf etish borasidagi hisobotlari tinglanib, tahliliy muhokama qilindi.
 Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilandi.


Охирги ўзгариш вақти: 09/06/2020 09:37;   Кўрилганлиги: 322
 
Материал манзили: http://jomboymtb.uz/news/05-iyun-kuni-soat-1500-da-samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasida-zoom-dasturi-orqali-onlayn-yigilish-otkizdi-bu-yigilishda-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-ham-faol-ishtirok-etdi
Чоп этилган вақт: 31/07/2021 11:48