Самарқанд вилояти Жомбой тумани
Мактабгача таълим бўлими

Bugun Ishtixon tumanida Avgust konferensiyasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo’yicha sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazildi.

Sho‘ba yig‘ilishida tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari va Ishtixon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi-Open EMISda ishlash, tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.


Охирги ўзгариш вақти: 24/08/2021 19:19;   Кўрилганлиги: 39
 
Материал манзили: http://jomboymtb.uz/news/bugun-ishtixon-tumanida-avgust-konferensiyasining-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalari-yonalishi-boyicha-shoba-yigilishi-otkazildi
Чоп этилган вақт: 21/09/2021 08:50