Самарқанд вилояти Жомбой тумани
Мактабгача таълим бўлими

G'azirada yangi bog'cha ochildi

2021-yil 16-sentyabr kuni tumanimizning G'azira mahallasida 150 o'ringa mo'ljallangan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

G'azira mahallasi aholining zichligi va yosh oilalarning ko‘pligi bilan boshqa mahallalardan ajrali turadi. Bugungi kunda ushbu xududda 338 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo'lib yangi bog'cha hisobiga ularning 150 nafari asosiy guruhlarga 50 nafari esa qisqa muddatli guruhlarga qabul qilish rejalashtirilgan hamda 24 ta yangi ish o'rni yaratildi. Ushbu bog‘chani ta’mirlash va jihozlash ishlarida xorij tajribasidan keng foydalanildi. Ochilish marosimida besh nafar ehtiyojmand oila farzandlarining xatna to‘yi ham o‘tkazildi. Bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.


Охирги ўзгариш вақти: 17/09/2021 14:04;   Кўрилганлиги: 39
 
Материал манзили: http://jomboymtb.uz/news/gazirada-yangi-bogcha-ochildi
Чоп этилган вақт: 17/10/2021 11:30