Самарқанд вилояти Жомбой тумани
Мактабгача таълим бўлими

Bugun soat 13:00 da Tuman Maktabgacha ta'lim bo'limida navbatdagi yig‘ilish onlayn tarzda o‘tkazildi.

Maktabgacha ta'lim bo'limida ZOOM dasturi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri Dilafruz Abloqulova  kun tartibidagi masalalarni tanishtirish bilan boshladi.

Tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlari bilan onlayn muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur yig‘ilish kun tartibida :

-Viloyat hokimining 2020 yil davomida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvali ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida;

-Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ochilishga tayyorlash va ta'lim sifatini baholash;

-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 2020-2021 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish;

-Ijro intizomi;

- turli masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilandi.


Охирги ўзгариш вақти: 22/06/2020 15:29;   Кўрилганлиги: 30
 
Материал манзили: http://jomboymtb.uz/news/tuman-maktabgacha-talim-bolimida-navbatdagi-yigilish-onlayn-tarzda-otkazildi
Чоп этилган вақт: 04/07/2020 18:41