Xabarlar

Sektorlarda yig‘ilishlar tashkil etildi.

19-02-2020 17:25   0

Viloyat hokimining 2020 yil 11 fevraldagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan Jomboy tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlariga, 4 sektor vakillari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida yig‘ilishlar tashkil etildi. Ushbu yig‘ilishlarda tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

14-fevral Shoh va Shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

14-02-2020 12:27   7

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) Ulug‘ o‘zbek shoiri,mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisidir.
Ushbu sana munosabati bilan tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Boburxonlik" tadbirlari tashkil etildi

Maktabgacha Ta'lim tashkilotlarida "Buyuk zotga cheksiz extirom" mavzusida adabiy kechalar tashkil etildi.

09-02-2020 13:04   11

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyati muhim voqelikka aylanib borayotgani sir emas. Yurtboshimiz o‘z nutqlarida Mir Alisher Navoiy bobomizning tengsiz ma'naviy merosi bugungi yoshlar va kelajak avlodlar uchun ham hayot maktabi bo‘lishini alohida ta'kidlab kelmoqdalar.
Ulug‘ ajdodimiz, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolajonlarimiz ishtirokida tadbirlar tashkil etildi.Tadbirlarga ota-onalar va mahalla faollari ham taklif etildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tasarrufidagi 8187 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari 2020-2025 yillarda yangicha tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

07-02-2020 12:31   9

Ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sifatli ta'lim-tarbiya berishning asosiy omillaridan biri sifatida tarbiyalanuvchilar sifatli bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Viloyatimizdagi mavjud 714 ta MTTlar xam 5 yil davomida reja asosida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Shirinkentda bolalar maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab olindi.

06-02-2020 11:17   11

Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan bu yilgi murojaatnomasida ta'lim tizimi, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiya bilan qamrab olish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 
Tumanimizda ham maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni va sifatini yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etyapti. Yaqinda Tut mahallasida 17-DMTT foydalanishga topshirilgani haqida xabar qilgandik. Bugun shirinkentliklar ana shunday quvonchli voqeaga guvoh bo‘lishdi.
Yangitdan ishga tushgan 19-maktabgacha ta'lim tashkiloti qisqa fursatda rekonstruksiyadan chiqarilganini e'tirof etsa arziydi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan bino 6 ta mashg‘ulot, 6 ta yotoq, qisqa muddatli guruh xonalari, shuningdek musiqa hamda ovqatlanish zalini o‘z ichiga olgan.

Navbatdagi viloyat seminari tumanimizda tashkil etildi.

04-02-2020 15:37   13

2020 yil 04 fevral kuni Jomboy tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 9-MTT majlislar zalida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2020 yil 16 yanvardagi 4-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida maktabgacha ta'lim boshqarmasi va uning tasarrufidagi Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra viloyatdagi bog‘chalar soni 2027 taga yetdi.

31-01-2020 13:46   13

Jami maktabgacha
ta'lim muassasalari soni: 2027 ta

shundan:
Oilaviy nodavlat MTTlar soni: 1252 ta yoki 61,8%
Davlat MTTlari soni: 656 ta yoki 32,4 %
Xususiy MTMlar soni: 68 ta yoki 3,4 %
Davlat-xususiy sherikchilikdagi MTMlar soni: 50 ta yoki 25 %
Tashkilotga qarashli MTMlar soni: 1 ta yoki O.04 %

Bugun, 30 yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana.

30-01-2020 13:05   12

Jomboy tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlab "Qalbimizdasiz bobojon" nomli tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar o‘zlarining yod olgan she'rlari va kuy-qo‘shiqlari bilan bobomizni xotirladilar.

MAKTABGACHA TA'LIM VAZIRLIGI BOLALARNI SOG‘LOM OVKATLANTIRISH TIZIMI MEXANIZMINI ISHLAB CHIKISHDA ROSSIYA TAJRIBASIDAN FOYDALANADI.

29-01-2020 12:44   17

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A.V.Shin rahbarligidagi delegatsiya 2020 yil 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida, ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi tajribani o‘rganish maqsadida Sankt-Peterburg shahar Ijtimoiy ovqatlanish boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashdi, shuningdek "Torgoviy dom A.P.Ivanov" ovqatlanish kombinati, maxsus sinov laboratoriyasi va Ijtimoiy ovqatlanish boshqarmasi huzuridagi o‘quv kursi kombinati bilan tanishdi.

Mudir o‘rinbosari bolalarga ochiq mashg‘ulot o‘tdi

29-01-2020 11:42   18

Jomboy tumanidagi 2-MTTda Vazirlikni hay'at yig‘ilishida berilgan topshiriqga asosan 29-yanvar kuni  ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

"Men va mening tana a'zolarim" mavzusida olib borilgan mujassamlashgan ochiq mashg‘ulotga ota-onalar hamda maxalla vakillari taklif qilinib, mashg‘ulotlar Maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxasilari tomonidan taxlil qilinib tegishli taklif va muloxazalar berildi.

 1 2 3 >  Last ›