Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta’lim tizimi 5 yoshda

Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan tumanimizda bayram tadbiri o‘tkazildi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari so‘zga chiqib, tizim barkamol avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.

Darhaqiqat, o‘tgan yillar davomida tumanimizda ham soha tubdan isloh etildi. Bolalarni tarbiyaga qamrab olish ko‘rsatkichi 71 foizga yetdi. Vaholanki, yaqin vaqtlargacha ko‘rsatkich 30 foizdan oshmasdi. Bu borada istiqboldagi reja va maqsadlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Sohada uzoq yillardan beri samarali ishlab kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kiritilgan vaqti: 15/11/2022 17:00;   Ko‘rilganligi: 69
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/events/maktabgacha-talim-tizimi-5-yoshda
Chop etilgan vaqti: 26/03/2023 15:44