Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1 avgustdan davlat bog‘chalariga ham ruxsat beriladi!

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik choralarini to‘liq ta'minlash maqsadida ularning faoliyatiga joriy yilning 1 avgustidan boshlab ruxsat beriladi. 

Shuningdek, 2020 yil 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan bo‘lib, bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

Bunda, karantin cheklovlariga qat'iy rioya etilishi bo‘yicha mas'uliyat NMTM ma'muriyati hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 09:03;   Ko‘rilganligi: 437
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/1-avgustdan-davlat-bogchalariga-ham-ruxsat-beriladi
Chop etilgan vaqti: 04/10/2022 09:50