Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

10-sonli maktabgacha ta'lim muascasasida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi bilan hamkorlikda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini  bajarish maqsadida Shu yilning 14 iyun kuni tuman markazida joylashgan 10-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda tumanda mavjud maktabgacha ta'lim muassasalar oshpazlari o‘zaro bellashdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 8-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Jumanazarova Malika birinchi o‘rinni yegallab tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 21/06/2018 15:13;   Ko‘rilganligi: 1135
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/10-sonli-maktabgacha-talim-muascasasida-yilning-eng-yaxshi-maktabgacha-talim-muassasasi-oshpazi-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 03:48