Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2020 yil 11 iyun kuni soat 17:00 da viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining majlislar zalida videoselektr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Ushbu videoselektrda Jomboy tuman xokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b U. Burxonov, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi A. Murodovich va tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi Mudiri D. Abloqulova, mudir o‘rinbosari A. Temirov , Davlat xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish sho‘ba mudiri I. Xudoyqulov xamda 10-11-16-30-sonli DMTT raxbarlari, "Samodagi yulduzlar", "Zulxumor", "Mubinaxon" Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti raxbarlari, "Shaxrizoda " oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti raxbari kuzatib borishdi. 

Yig‘ilishda  Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 15 iyundan xususiy bog‘chalar faoliyatiga ruxsat berilishi munosabati bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga xamda sanitariya-gigiyena havfsizligining barcha qoidalari va me'yorlari talablari asosida faoliyatini boshlash to‘g‘risida Viloyat xokimi o‘rinbosari R. Qobilov va Viloyat Sanitariya-epidemiologik ooyishtalik markazi bosh vrachi X. Boymurodov tomonidan  Mutassadilarga ma'lumot berildi. 1


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 09:05;   Ko‘rilganligi: 541
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/2020-yil-10-iyun-kuni-soat-1700-da-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasining-majlislar-zalida-videoselektr-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:10