Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

2020 yil 29 iyun kuni soat 17.00 da  “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig‘i hamda tizimdagi yoshlar bilan yoshlar oyligi tadbiri doirasida (ZOOM tizimi orqali) onlayn muloqot o‘tkazildi.

Onlayn muloqotda

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari.

Shahar va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limlari va pedagogika kollejlarining  yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari

Shahar va tuman maktabgacha ta'lim tizimlaridan 3 nafardan faol yoshlar.

Shahar va tuman pedagogika kollejlaridan 5 nafardan faol yoshlar.

    lar ishtirok etishdi.

  Yig‘ilishda tumanimiz yoshlari muxum masalalar bo‘yicha takliflar kiritdi.

Yani tumanimizdagi barcha MTT larga kabelli internetning yo‘qligi, va bu masalalarni tezroq hal qilib berilishliligi taklif qilindi. 

Xozirgi kunda zamon talabiga aylangan masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘raldi. Tumanimizda  3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni mental arifmetika, 7 yoshdan yuqori bolalarni  "RAQAMLI IQTISODIYOT" darslari bilan o‘qitilayotganligi yoshlarimiz tomonidan aytib o‘tildi. Va shu 2 ta to‘garak bo‘yicha tumanlar miqyosida onlayn bilim va ko‘nikmalarni almashish to‘g‘risida amaliy yordam so‘raldi. 

Jomboy MTB axborot xizmati 


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 08:55;   Ko‘rilganligi: 564
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/2020-yil-29-iyun-kuni-soat-1700-da-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarma-boshligi-hamda-tizimdagi-yoshlar-bilan-yoshlar-oyligi-tadbiri-doirasida-zoom-tizimi-orqali-onlayn-muloqot-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:21