2030 yilga borib bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish hozirgi 40.5% dan 80,8% gacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda respublikada 9774ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda MTT) o‘zining ta'lim-tarbiyaviy faoliyatini olib bormoqda.
(Shundan: davlat tashkilotlari – 5832ta, nodavlat – 3942ta (xususiy – 753, DXSH – 419, oilaviy – 2770)
2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning PQ-4312 qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” va 2019 yil uchun “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi.
Ushbu hujjat respublika qamrovidan to viloyat, shahar, tuman darajasigacha tushib boruvchi maqsadli ko‘rsatkichlarni, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning aniq hisob–kitoblarini aniqlash imkonini berdi.
Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bolalar soni 6,1 foizga o‘sgan va 2019 yil 1-yarim yilligi natijasiga ko‘ra, 1 066 353 nafarni tashkil etadi, respublika bo‘yicha 3-7 yoshli maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning umumiy soni - 2 631 708 nafardir.
Oxirgi o‘zgarish: 23/08/2019 08:14; Ko‘rilganligi: 987
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:13