23-son maktabgacha talim muassasasida Samarqand viloyat maktabgacha talim boshqarmasi uslubiy birlashmasi tomonidan tarbiyachilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha talim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-sonli qarori ijrosi yuzasidan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha talim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, talim tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab talimiga sifatli tayyorlash ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali o‘tkazish maqsadida 2018 yil 19 iyun kuni Jomboy tuman maktabgacha ta'lim bo‘lim tasarrufidagi 23-son maktabgacha talim muassasasida Samarqand viloyat maktabgacha talim boshqarmasi uslubiy birlashmasi tomonidan tarbiyachilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Ceminar-trening ishchi guruhi tomonidan 4 ta mavzuda:
- Bola shaxsiga yo‘naltirilgan talim dasturi (innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish);
- Oila va mahalla hamkorlik ishlarini tashkil etish samarasi (ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish tartibi);
- Maktabgacha talim muassasalarida sport musobaqalarining yoshlar sportini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish o‘rni (musobaqalar, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlari);
- Maktabgacha talim muassasalari hududlarida bolalar yoshini inobatga olgan holda “Ertaklar shaxarchasi”ni tashkil etish (yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish) olib borildi.
Trening davomida faol ishtirok etgan tarbiyachilar rag‘batlantirilib, maqtov yorliqlari topshirildi.
Oxirgi o‘zgarish: 22/06/2018 14:06; Ko‘rilganligi: 1303
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:37