Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“BESh TASHABBUS-ZO‘R IMKONIYAT!”

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoz mavsumini maroqli o‘tkazish maqsadida barcha bolajonlar uchun iqtidor va iste'dodini namoyon etishlarida ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.
“Besh tashabbus-zo‘r imkoniyat” shiori ostida tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlov 26 iyun kuni onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanadi.
Tanlov ishtirokchisiga aylaning va g‘olib bo‘ling!
Tanlov 2 bosqichda olib borilib shahar,tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar tarbiyalanuvchilar viloyat boskichida iktidorlarini namoyon etadilar. Viloyat bosqichi ishtirokchilari haqidagi ma'lumotlar shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudir o‘rinbosarlari tomonidan tashkiliy qo‘mitaga (25 iyun soat 16.00 ga qadar) taqdim etishlari so‘raladi. Tanlovda faol ishtirok etgan bolajonlar viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 08:59;   Ko‘rilganligi: 426
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/besh-tashabbus-zor-imkoniyat
Chop etilgan vaqti: 04/10/2022 10:53