Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Diqqat ! Hurmatli ota onalar va MTT xodimlari!

Maktabgacha ta'lim vazirligi Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha Respublika Maxsus komissiyasi sariq va yashil xududlarda, MTT raxbariyati va xodimlari tomonidan zarur havfsizlik choralarini ta’minlangan holda, ushbu tashkilotlar faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi.

Talab etiluvchi xavfsizlik choralarini ta’minlab bera oluvchi xususiy MTTlar 2020 yil 15 iyundan faoliyatlarini boshlashlari mumkin.

Ayni damda Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati havfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, ularda tarbiyalanuvchilar ovqatlinishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlarni xarid qilish, himoya vositalarini sotib olish, o’rnatish va dezinfeksiya qilish, MTT hodimlarini mehnat ta’tilidan ishga chaqirish bo’yicha tegishli rasmiylashtirish bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Hozirgi vaqtda barcha MTT rahbariyati va hodimlari oldidagi eng muhim vazifasi- bu bolalar havsizligini ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTT tarbiyalanuvchilari uchun havfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga ma’lum vaqt talab etishi bilan bog’liq vaziyatga to’g’ri baho berishingiz va tushunishingizni so’raydi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib Davlat MTTlari faoliyating havfsiz va sifatliligini ta’minlash maqsadida ayni vaqtlarda ishlab chiqayotgan jadvali asosida DMTTlarning faoliyati 15 iyundan 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Ushbu jadval Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.

Karantin choralari yumshatilishidan qat’iy nazar Sizlarni hushyorlikni yo’qotmaslik, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasi talablariga to’la rioya qilish, o’zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiramiz. Sizlardan o’zingiz yoki farzandingizda tana harorati ko’tarilishi, nafas qisilishi, quruq yo’tal, holsizlik belgilari paydo bo’lgan zahoti shifokorga darhol murojaat qilish va bu haqida MTT xodimlariga xabar berishingizni so’raymiz.


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 09:26;   Ko‘rilganligi: 421
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/diqqat-hurmatli-ota-onalar-va-mtt-xodimlari
Chop etilgan vaqti: 04/10/2022 11:03