Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Hashar - elga yarashar

Hashar – ota-bobolarimizdan meros asriy urf-odat, xalqni yakdillikka, birdamlikka chorlovchi, mehr-oqibatni yanada mustahkamlovchi, ezgulikni tarannum etuvchi unutilmas qadriyat. An'ana bardavomligi esa asrlar osha sayqallanib borishi barobarida, kelajak avlod egalarini mehnatsevarlikka o'rgatadi, birdamlikda qilingan ishning samarasi katta kuch ekanligi esa amaliy ish jarayonida isbotlanadi.

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.
Respublikamizda joriy yilning 21-abgust kuni xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor. Yoz faslining so'ngi pallasida mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, binda Jomboy tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tizimi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 24/08/2021 19:15;   Ko‘rilganligi: 286
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/hashar-elga-yarashar
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:01