Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Jahon banki O‘zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qariyb 74 mln dollar ajratadi

2019 yilning 19 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Jahon banki bilan qator bitimlar imzolandi. Hujjatlar Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda bolalarning erta yoshdan rivojlanishni rag‘batlantirish uchun 73,85 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller ishtirokida kredit va grant shartnomalari imzolandi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin ham ishtirok etdi.

Tomonlar O‘zbekistondagi qator loyihalar uchun jami 656,85 mln. AQSH dollari miqdorida kredit va grant shartnomalarini imzoladilar. Undan 73,85 mln. AQSH dollari quyidagilarga asosan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga yo‘naltiriladi:

“O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni rag‘batlantirish" loyihasi uchun - 59,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit shartnomasi;

“O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni rag‘batlantirish" loyihasi bo‘yicha grant shartnomasi - 9,5 mln. AQSH dollari;

“O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni rag‘batlantirish" loyihasi uchun grant shartnomasi - 4,85 mln. AQSH dollari.

Ushbu mablag‘lar erta yoshdagi bolalarni parvarishlash va ta'lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish maqsadida qo‘llaniladi va quyidagi komponentlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi:

maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;

sifatli ta'lim muhitini yaxshilash va uning ommabopligini ta'minlash;

xususiy sektor bilan sherikchilik;

ta'lim sifatini o‘lchash tizimini tashkil etish;

loyihani amalga oshirish xarajatlari.


Oxirgi o‘zgarish: 06/08/2019 07:04;   Ko‘rilganligi: 743
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/jahon-banki-ozbekistonda-maktabgacha-talimni-rivojlantirishga-qariyb-74-mln-dollar-ajratadi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:38