Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Jomboy tuman Maktabgacha talim bo‘limi uslubiy birlashmasining ijodiy ishchi guruhi tomonidan tumandagi 4-, 16-, 19-sonli maktabgacha talim muassasalarida tarbiyachilarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu seminar-trening barcha maktabgacha talim muassasalari tarbiyachilari orasida bir-birlari bilan fikr va tajriba almashgan holda sog‘lom raqobatni shakllantirib, o‘z malakalarini boyitib borishlari uchun olib borildi.

Seminar-trening 4ta mavzuda olib borildi va tarbiyachilarga ushbu mavzular yuzasidan keng malumot va tushunchalar berilib ular bilan qiziqarli savol-javoblar, harakatli va rolli o‘yinlar, sport musobaqalari o‘tkazildi.

      Seminar-treningda faol ishtirok etgan tarbiyachilar bo‘limning maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 23/07/2018 13:51;   Ko‘rilganligi: 1019
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/jomboy-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-uslubiy-birlashmasining-ijodiy-ishchi-guruhi-tomonidan-tumandagi-4-16-19-sonli-maktabgacha-talim-muassasalarida-tarbiyachilarni-bilim-malaka-va-konikmalarini-mustahkamlash-maqsadida-seminar-trening-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:00