Jomboy tumanida “Anora ona bolajonlari” nomli ilk nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi (fotogalereya).
Tuman markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-son qarorining amaldagi ijrosi hisoblanadi.
MTM 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yangi zamonaviy tipda qurilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga zamon talablari asosida ta'lim-tarbiya berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hususan mashg‘ulot honalari, yotoqhona, ovqatlanish honalari, zarur o‘quv jihozlari va inventarlari bilan to‘liq ta'minlangan. Muassasada 18 nafar pedagog va ishchi hodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19-iyuldagi “Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli qarori 4-ilovasi “Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom asosida muassasada tarbiyalanuvchilarni sifatli va sog‘lom ovqatlantirish ishlari tashkil etilgan.
Oxirgi o‘zgarish: 23/07/2018 13:52; Ko‘rilganligi: 1495
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 03:45