Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Jomboy tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy-ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

 Jomboy tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan metodist va tarbiyachilar  joriy yilning  16 iyun kuni   8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy-ko‘rik tanlovining tuman  bosqichida  ishtirok etishdi.

 Hududiy saralash bosqichlaridan o‘tgan, 23 nafar pedagog tarbiyachilar o‘zaro bilimlarini namoyon etdilar.  Tanlovni tuman maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri D.Abdullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
         Bo‘limning mas'ul xodimlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh  komissiyasi tarkibi   ishtirokchilarning bilimlarini Nizom talablari asosida baholab borishdi. Nizomda ko‘rsatilgan nominatsiyalardan                     “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 8-son DMTT metodist tarbiyachisi Soliyeva Xilolaxon Hasan qizi faxrli 1-o‘rinni, 4-son DMTT metodist tarbiyachisi Rustamova Flora Baxtiyorovna 2-o‘rinni, 6-son DMTT metodist tarbiyachisi Turdiboyeva Nargiza Qarshiboyevna 3-o‘rinni,                     “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasi  bo‘yicha 2-DMTT tarbiyachisi  Mamatmurodova Oyto‘ti Raxmonovna faxrli 1-o‘rinni, 5-DMTT tarbiyachisi  Eshonqulova Dilrabo Abdualimovna 2-o‘rinni, 16-DMTT tarbiyachisi Asatullayeva Ra'no Asatullo qizi 3-o‘rinni “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”nominatsiyasi bo‘yicha             23-DMTT tarbiyachisi Babaxanova Nigora Maxmudovna faxrli 1-o‘rinni “Moxir qo‘l ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha 9-DMTT tarbiyachisi Boboyeva Zuxra Qaxramonovna faxrli 1-o‘rinni, Boltayeva Nargiza Halimovna                       2-o‘rinni Kamolova Sanam Mansurovna 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
        Yuqoridagi  nominatsiyalar bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan tarbiyachilar tanlovning viloyat  bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni  qo‘lga kiritdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 23/06/2021 08:15;   Ko‘rilganligi: 311
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/jomboy-tumanida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:35