Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Jomboyda nodavlat bog‘chalar soni yana bittaga ko‘paydi.

G‘azira mahallasida “Mubinaxon” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi.

50 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur NMTMda tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Chet tilini o‘rganish, musiqa, raqs, rassomchilik to‘garaklari faoliyat yuritadi. Xususiy tadbirkor Ravshan Zoirov ushbu faoliyat turini kengaytirib, kelgusida 3-6 yoshli 150 nafar bolani bog‘chaga qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Hamza To‘ychiyev ishtirok etdi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/08/2019 07:44;   Ko‘rilganligi: 765
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/jomboyda-nodavlat-bogchalar-soni-yana-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:00