Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha Ta'lim tashkilotlarida "Buyuk zotga cheksiz extirom" mavzusida adabiy kechalar tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyati muhim voqelikka aylanib borayotgani sir emas. Yurtboshimiz o‘z nutqlarida Mir Alisher Navoiy bobomizning tengsiz ma'naviy merosi bugungi yoshlar va kelajak avlodlar uchun ham hayot maktabi bo‘lishini alohida ta'kidlab kelmoqdalar.
Ulug‘ ajdodimiz, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolajonlarimiz ishtirokida tadbirlar tashkil etildi.Tadbirlarga ota-onalar va mahalla faollari ham taklif etildi.

Bayramda jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan shoir hayotidan hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar shoir ruboiylari va g‘azallarini biyron tilda mahorat bilan o‘qidilar.


Oxirgi o‘zgarish: 09/02/2020 13:07;   Ko‘rilganligi: 539
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-tashkilotlarida-buyuk-zotga-cheksiz-extirom-mavzusida-adabiy-kechalar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 04/10/2022 10:31