Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida noyabr oyi uchun "Mujassamlashgan ochiq hisobot mashg‘ulotlari" davom etmoqda
Tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlash va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirish, tashabbuskorligi, mas'uliyati hamda ijodkorliligini rivojlantirish, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashni mustahkamlash maqsadida “Mujassamlashgan ochiq hisobot mashg‘ulotlari” o‘tkazilmoqda.
Ochiq mashg‘ulotlarga keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar, kuzatuv kengashi vakillari ishtirok yetmoqda. Mujassamlashgan ochiq hisobot mashg‘ulotlarini noyabr oyining oxiriga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Oxirgi o‘zgarish: 27/11/2020 08:05; Ko‘rilganligi: 544
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:26