Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida «Zumradoylar davrasi» to‘garagi muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda

Kelajagimiz egalarining sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarida ular uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlarning o‘rni beqiyos. Bu esa kichkintoylarni har qachongidan ham iqtidorli va bilimdon bo‘lishlariga zamin yaratadi.

Tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida  bolalarni Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish hamda milliy urf-odat va an'analarimizdan kelib chiqgan holda "Zumradoylar davrasi" to‘garagi tashkil qilingan. Ushbu to‘garakda qizlarimiz salomlashish odobi,   ota-onaga xurmat odobi, dasturxon odobi, mehmon kutish odobi, kiyinish odobi hamda pazandachilikni o‘rganadilar.

Ta'lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida "Ilk qadam"  davlat o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlarda xafta mavzulari bo‘yicha "Umumiy guruh bo‘lib ishlash"da to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishadi va olingan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun "Rivojlantiruvchi markazlar"da faoliyat olib borishadi.


Oxirgi o‘zgarish: 22/12/2020 13:50;   Ko‘rilganligi: 1130
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-tashkilotlarida-zumradoylar-davrasi-togaragi-muntazam-faoliyat-korsatmoqda
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:41