Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yuldashev Abdullayevich Jomboy tuman maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan viloyatdagi MTTlariga ajratilgan 271 ta noutbukdan 15 tasi Jomboy tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

Ushbu tadbirda sohada davlat-xususiy sherikchilik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini zamon talablari darajasida tashkil etib tizim ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tadbir jarayonida maktabgacha ta'lim tizimi mutasaddi xodimlari bilan suhbat olib borilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi, mutasaddilarining faoliyatdagi sa'y-harakatlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Tizimdagi muammolarni bartaraf etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Oxirgi o‘zgarish: 16/11/2020 07:00;   Ko‘rilganligi: 498
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-vaziri-orinbosari-maqsud-yuldashev-abdullaevich-jomboy-tuman-maktabgacha-talim-tizimida-faoliyat-yuritayotgan-xodimlar-bilan-muloqot-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:02