Maktabgacha ta'lim vazirligi MTRK bilan hamkorlikda bolajonlarimizni karantin davridagi vaqtlarini unumli o‘tkazishga ko‘mak berish uchun "onlayn bog‘cha" — maktabgacha ta'lim mashg‘ulotlar tele-loyihasini taqdim etadi.
Mazkur loyiha Maktabgacha ta'lim tizimining «ILK QADAM» davlat ta'lim standarti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolajonlarimiz uchun mo‘ljallangan. Unga ko‘ra endi ota onalarimiz bog‘cha mashg‘ulotlarini o‘z farzandlari bilan uyda «ILK QADAM» va «AQLVOY» nomli mashg‘ulotlarini ekran qarshisida bajarishlari mumkin bo‘ladi.
Endi 1-sinfga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolajonlar ijodkorlarimiz tomonidan davlat dasturi asosida tayyorlagan «Aqlvoy» nomli maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini uyda bajarish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, «Ilk qadam» dasturi doirasida 3-6 yoshlik bolajonlar «Bardam bolajon», «Mental arifmetika», «Mohir qo‘llar», «Lucking English», «Bolalar oshxonasi», «Mening diyorim», «Ravon nutq» kabi mashg‘ulotlarining jajji ishtrokchisiga aylanishlari mumkin.
«Ilk qadam» maktabgacha ta'lim mashg‘ulotlar dasturi endi 1 apreldan boshlab har kuni dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 12:00 ga qadar, 6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan «Aqlvoy» mashgg‘ulotlari esa har kuni soat 11:00 va 15:00 da o‘zbek va rus tilida «Bolajon» telekanali orqali efirga uzatiladi.
Onlayn mashg‘ulotlarning vaqti bilan «Bolajon» telekanali haftalik dasturlar jadvali orqali tanishish mumkin.
Oxirgi o‘zgarish: 04/05/2020 14:48; Ko‘rilganligi: 715
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:35