Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tasarrufidagi 8187 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari 2020-2025 yillarda yangicha tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sifatli ta'lim-tarbiya berishning asosiy omillaridan biri sifatida tarbiyalanuvchilar sifatli bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Viloyatimizdagi mavjud 714 ta MTTlar xam 5 yil davomida reja asosida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarning attestatsiyasi ayni shu maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda tarbiyalanuvchilarning yetarlicha bilim olishlari uchun muassasada yaratilgan sharoitlarga baho beriladi. Attestatsiya jarayonida pedagog tarbiyachilarning salohiyati, ish hujjatlarining yuritilishi, xonalarning jihozlanishi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘riladi. Bu borada ota-onalarning fikrlari va talablarini inobatga olgan holda muassasani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”lari belgilanib, amalga tatbiq etiladi. Pirovardida maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi sharoitlar yaxshilanib, ta'lim sifati oshishiga erishiladi.


Oxirgi o‘zgarish: 07/02/2020 12:39;   Ko‘rilganligi: 615
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-vazirligi-tasarrufidagi-8187-ta-maktabgacha-talim-tashkilotlari-2020-2025-yillarda-yangicha-tartibda-attestatsiyadan-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:40