Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Milliylik bog‘chadan shakllanadi

Prezidentimiz joriy yilning 19 yanvar kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni ma'nan barkamol etib tarbiyalash bugungi kunning birinchi darajali vazifasi ekanini ta'kidlagan edi. Jumladan, farzandlarimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilishni bog‘cha yoshidan boshlash zarurligi aytildi.

Prezidentimiz joriy yilning 19 yanvar kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni ma'nan barkamol etib tarbiyalash bugungi kunning birinchi darajali vazifasi ekanini ta'kidlagan edi. Jumladan, farzandlarimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilishni bog‘cha yoshidan boshlash zarurligi aytildi. Darhaqiqat, bola tarbiyasida milliy ruhiyatning o‘rni beqiyos. Shu jihatlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim muassasalarida “Ma'naviyat sarchashmasi” ma'rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tuman hokimligi va maktabgacha ta'lim bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan loyiha xalqimizga xos an'ana va udumlar bolajonlarga ko‘rgazmali tarzda namoyish qilib borilishi bilan ahamiyatlidir. – Bola shuuri ko‘rish, eshitish va his qilish majmuidan shakllanadi, – deydi ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi G.Muqaddasova. – Tuman hokimi Qayum Sobirovning bevosita tashabbusi bilan boshlangan loyihaning mohiyati shunda. Milliy ertaklar, xalq teatrlari, uy-ro‘zg‘or udumlari hayotiy misollar bilan ko‘rsatiladi. Bunda bolajonlar shunchaki, tomoshabin emas, ijro etishda ham ularning o‘zi ishtirok etadi. Tadbirlar barcha muassasalarda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: jomboy.uz


Oxirgi o‘zgarish: 28/01/2021 15:40;   Ko‘rilganligi: 505
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/milliylik-bogchadan-shakllanadi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:41