Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Naymanlik bolalar yangi bog‘chaga boradi

Joriy yil 7 noyabr kuni Jomboy tumani "Nayman" mahallasida joylashgan 30-son maktabgacha ta'lim tashkiloti Investitsiya dasturi asosida yangidan qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy arxitektura loyihalari, jahon standartlari talablari asosida bunyod etildi. Jajjilar maskani yangi mebel jihozlari bilan ta'minlangan, yo‘laklar asfaltlangan, o‘yin maydonchalarida turli xil attraksionlar o‘rnatilgan. Bu yerda bolajonlarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan. Ochilish marosimida so‘z olganlar bunday ko‘rkam, zamonaviy binolarda bolalar quvnab, yayrab kamolga yetishlarini tilak bildirishdi. Yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining foydalanishga topshirilishi kelajak avlod kamolotiga xizmat qiladi. 


Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2020 08:07;   Ko‘rilganligi: 480
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/naymanlik-bolalar-yangi-bogchaga-boradi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:29