Respublika bo‘yicha 6 yoshli bolalarni 77 foizi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi
Bugungi kunga respublikamizda 6 yoshli bolalar jami 658 961 nafarni tashkil etadi.Tumanimizda esa 3723 nafar 6 yoshli bolalar mavjud bo‘lib, ulardan 3693 nafari maktabgacha ta'limga qamrab olingan.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 132-sonli "Bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan 6 yoshli bolalarning 507 145 nafari yoki 77 foizi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan.
Pandemiya davrida 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to‘liq qamrab olish va ularni maktabgacha sifatli tayyorlash maqsadida, Bolajon telekanali orqali "Onlayn bog‘cha" loyihasi doirasida "Aqlvoy" nomli teleko‘rsatuv efirga uzatildi.
Oxirgi o‘zgarish: 20/01/2021 09:11; Ko‘rilganligi: 364
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 16:00