Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Sektor rahbarlari MTTlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishmoqda

Tuman hokimi Qayum Sobirov aholi va tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan uy-bog‘chalarda bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, o‘yin maydonchalari, yotoqxona va oshxonaning sanitariya holati, shuningdek boshqa shart-sharoitlar bilan tanishmoqda.

Tadbirkor va tarbiyachilarning muammolariga quloq tutib, bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilanyapti.

Bugun Katta qishloq mahallasida joylashgan, tadbirkor Gulzoda Tangirova tomonidan tashkil etilgan muassasada faoliyati o‘rganildi.

Ushbu muassasada 15 nafar bolajonlar tarbiyaga jalb etilgan. Zamonaviy hojatxona va o‘yin maydonchasi qurish uchun ehtiyoj mavjud. Uchrashuv davomida G.Tangirovaga imtiyozli shartlarda kredit ajratish yuzasidan kelishib olindi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/11/2020 08:44;   Ko‘rilganligi: 448
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/sektor-rahbarlari-mttlarning-kuz-qish-mavsumiga-tayyorgarlik-holatini-organishmoqda
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:46