Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Shirinkentda bolalar maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab olindi.

Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan bu yilgi murojaatnomasida ta'lim tizimi, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiya bilan qamrab olish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 
Tumanimizda ham maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni va sifatini yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etyapti. Yaqinda Tut mahallasida 17-DMTT foydalanishga topshirilgani haqida xabar qilgandik. Bugun shirinkentliklar ana shunday quvonchli voqeaga guvoh bo‘lishdi.
Yangitdan ishga tushgan 19-maktabgacha ta'lim tashkiloti qisqa fursatda rekonstruksiyadan chiqarilganini e'tirof etsa arziydi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan bino 6 ta mashg‘ulot, 6 ta yotoq, qisqa muddatli guruh xonalari, shuningdek musiqa hamda ovqatlanish zalini o‘z ichiga olgan.

– Mahallada 3-7 yoshli bolalar soni 316 nafarni tashkil etib, ushbu muassasadan boshqa160 nafar bolani qamrab olgan 12-DMTT ham faoliyat yuritadi. 200 o‘rinli yangi bog‘cha ishga tushishi bilan shirinkentlik bolajonlar tarbiya bilan to‘liq qamrab olindi.
Muassasaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari, faollar qatnashdi. Viloyat hokimi o‘rinbosari G.Alimova hamda tuman hokimi H.To‘ychiyev so‘zga chiqib, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalishdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, yangi muassasa binosini qurish va ta'mirlash uchun 2 milliard 198 million so‘m mablag‘ sarflangan.


Oxirgi o‘zgarish: 06/02/2020 11:36;   Ko‘rilganligi: 714
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/shirinkentda-bolalar-maktabgacha-talimga-toliq-qamrab-olindi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 05:50