Tut mahallasida bolalar maktabgacha ta'lim qamrovi 85,1 foizga yetdi,
Bugun 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.
Yangi muassasada 1 milliard 400 million so‘mlik qurilish ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, 4 ta mashg‘ulot, 1 ta qisqa muddatli guruh xonasi, 4 ta yotoqxona va 1 ta ovqatlanish bo‘limi bolajonlar ixtiyorida bo‘ladi. Shuningdek, mudira, hamshira va tarbiyachilar uchun ham alohida xonalar ajratilgan.
Qisqa muddatli guruh bilan qo‘shib hisoblaganda hudduddagi 3-7 yoshli 150 nafar bolalarni maktabgacha ta'limga qamrash imkoni yaratildi. Hovlida bolalar o‘yin maydonchasi, atraksionlar hamda yozgi ayvon ham o‘rnatilgan. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Tut mahallasida 411 nafar bog‘cha yoshidagi bola istiqomat qiladi. Ularning ta'lim bilan qamrab olish darajasi 85,1 foizni tashkil etmoqda.
Oxirgi o‘zgarish: 27/01/2020 13:15; Ko‘rilganligi: 695
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 04:08