Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Uzunovulda bolalarning maktabgacha ta'limga qamrovi 100 foizga yetdi

Joriy yil 5 dekabr kuni Jomboy tumani “Katta qishloq” mahallasi «Uzun ovul» massivida joylashgan “Komila-Nigina-Oycha” davlat xususiy sherikchilikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 60 o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy ruxda qayta ta'mirlanib, jaxon standartlari talablariga javob beradi. Bu yerda bolajonlar dastlabki bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

     Muassasaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari, faollar qatnashdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, yangi muassasa binosini qurish va ta'mirlash uchun 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ sarflangan.Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi ushbu hududdagi 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab oladi hamda 10 nafar ishsiz fuqorolarimizni ish bilan ta'minlash imkonini beradi.

        


Oxirgi o‘zgarish: 06/12/2020 12:48;   Ko‘rilganligi: 488
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/press/news/uzunovulda-bolalarning-maktabgacha-talimga-qamrovi-100-foizga-etdi
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 03:58