Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Jomboy tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Savol-javoblar

Savol-javoblar

Qanday qilib bolani bogʻchaga navbatga qoʻysa boʻladi?

Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki yagona davlat xizmatlari portali orqali (https://my.gov.uz/oz/service/285)

Qanday qilib navbatga qoʻyilgan bolani nechanchi oʻrinda ekanligini tekshirsa boʻladi?

https://search.mpe.uz/ orqali tekshirish mumkin.

Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O‘sha kunlari farzandim bog‘chaga bormaydi. Bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lashim shartmi?

 Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola bog‘chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

 To‘lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

 Bunda bolaninng bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta'lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

 Demak, maktabgacha ta'lim muassasasini oldindan yozma ogohlantirilgan bo‘lsa, bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun pul to‘lanmaydi.

To‘liq ma'lumot ⬇️

http://www.lex.uz/docs/3019665

https://t.me/huquqiyaxborot


Oxirgi o‘zgarish: 22/08/2022 12:59;   Ko‘rilganligi: 219
 
Material manzili: https://jomboymtb.uz/services/faq
Chop etilgan vaqti: 02/06/2023 03:55